Italiya terma jamoasining yangi texnik direktori Klaudio Ranyeri matbuot anjumanida milliy terma jamoa bosh murabbiyligiga qaytgan Roberto Manchini bilan qanday hamkorlik qilishi haqida gapirib berdi.
«Men hech qachon Robertoning oldiga borib, unga nimani va qanday qilishni aytmayman. Agar u mening fikrimni bilishni lozim topsa, mamnuniyat bilan bo‘lishaman. O‘zim murabbiy bo‘lgan paytlarimda sport direktoridan maslahat so‘rab bormasdim, hammasini o‘z yordamchilarim bilan muhokama qilardim. Manchini APLda g‘olib chiqqanida, uning oxirgi uy o‘yiniga borganim yodimda. Bu juda ajoyib edi. Italiyalik murabbiyning g‘alaba qozonayotganini ko‘rish juda yoqimli», — dedi Ranyeri.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0