Angliya terma jamoasi va «Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Gari Nevill Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Juniorning Londonning «Arsenal» klubiga ehtimoliy o‘tishi haqida mulohaza yuritdi.

«Bu aql ovarmas transfer bo‘lar edi, lekin menimcha, u «Real»dan ketmaydi. Men APLga futbolchilardan ko‘ra eng yaxshi murabbiylar kelishidan manfaatdorroqman. aynan murabbiylar tufayli ligamiz shu darajaga yetdi. Bu yerda eng yaxshi jamoalar o‘ynaydi. Futbolchilar transferi masalasida esa biz «Real» va «Barselona»dan kamdan-kam hollarda o‘zib keta olamiz», — deydi ekspertning so‘zlarini Sky Sports.

26 yoshli braziliyalik futbolchining «madridliklar» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga yetadi. Uning bozordagi transfer bahosi 140 million yevroni tashkil etmoqda.

Manba: Stadion.uz