39 yoshli argentinalik hujumchi Lionel Messi 2026 yilgi Jahon chempionatidan so‘ng «Inter Mayami» qarorgohiga qaytib keldi. Bu haqida ESPN jurnalistlari xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, yulduzli forvard jamoa bilan birgalikdagi ilk mashg‘ulotini o‘tkazib bo‘lgan. «Inter Mayami» MLSdagi navbatdagi bahsini 2 avgust, yakshanba kuni «Kolambus Kryu» klubiga qarshi o‘tkazadi.
MLSning joriy mavsumida Messi 14 ta o‘yinda maydonga tushgan. Argentinalik hujumchi o‘z hisobiga 12 ta gol va 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.
Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 da Lionel Argentina terma jamoasi bilan birga ikkinchi o‘rinni egalladi — finalda ular Ispaniya terma jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishgan edi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0