«Manchester Siti» sobiq golkiperi Shtefan Ortega faoliyatini Gresiya chempionatida davom ettiradi. 33 yoshli futbolchining yangi jamoasi Pireyning «Olimpiakos» klubi bo‘ldi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tajribali germaniyalik darvozabonning so‘nggi klubi «Nottingem Forest» edi. Ortega joriy yilning fevral oyidan beri «o‘rmonchilar» sharafini himoya qilib kelayotgandi. 2025/2026 yilgi mavsum yakunlangach, Shtefan erkin agentga aylandi.

Angliya Premyer-ligasining o‘tgan mavsumida darvozabon «Nottingem Forest» safida bor-yo‘g‘i 3 ta o‘yinda maydonga tushdi. U o‘z darvozasidan 4 ta to‘p olib chiqdi va 1 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Manba: Stadion.uz