Angliya terma jamoasi va «Liverpul»ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager «PSJ» vingeri Bredli Barkolaning mersisaydliklar safiga ehtimoliy o‘tishi haqida o‘z fikrini bildirdi.
«Salohga o‘rinbosarmi? Yo‘q, u mo‘ljallangan qanot boshqa. Jamlanmada chap tomonda o‘ynay oladigan uchta futbolchi bor: Virs, Gakpo va Ngumoa. Ammo o‘ng qanotni yopadigan hech kim yo‘q», — deb yozdi futbol eksperti o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida.
Avvalroq Barkola «Liverpul» vakillari bilan muzokara o‘tkazgani haqida xabar berilgan edi.
Fransiya chempionatining o‘tgan mavsumida Bredli 29 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 11 ta gol va 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0