Kataloniyaning «Barselona» va «Manchester Yunayted» klublari sobiq himoyachisi Xerard Pike Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tgan 2026 yilgi Jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasining zafariga munosabat bildirdi.

«Ispaniyaliklar 1/2 finalda Fransiyaga qarshi o‘zini juda ajoyib ko‘rsatdi. Biz bu g‘alabaga to‘liq haqli edik va dunyoda eng yaxshi ekanimizni isbotladik. Bundan buyog‘iga nima bo‘lishi qiziq. Fransiya Zidanni bosh murabbiy qilib tayinladi... Ko‘raylik-chi, bu keyingi Yevropa chempionatida qanday ish berar ekan», — deydi Xerard Pikening so‘zlarini ESPN.

Mundialning yarim finalida Ispaniya Fransiyani 2:0 hisobida taslim etgan edi. Final bahsida esa Luis de la Fuente shogirdlari Argentina ustidan minimal (1:0) g‘alabani qo‘lga kiritib, Jahon chempioniga aylanishdi.

Manba: Stadion.uz