«Barselona» himoyachisi Jerar Martin Madridning «Real» klubi transfer bozorida olib borayotgan ishlari haqidagi savolga javob berdi.

«Qirollik klubi» «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri va «RB Leypsig» vingeri Yan Diomandeni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi. Ispaniyalik va ivuarlik futbolchilarning umumiy transfer qiymati 150 million yevrodan ancha ortib ketishi kutilmoqda.

«Rostini aytsam, «Real» kimni sotib olayotgani meni tashvishga solmaydi. Biz bor e’tiborimizni faqat o‘zimizga qaratganmiz. Kimni xohlashsa, shuni sotib olaverishsin. Biz esa har doimgidek oxirigacha kurashamiz», — deydi Martinning so‘zlarini Barca Universal.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yozda «qaymoqranglilar» safini Mark Kukurelya, Bernardu Silva, Ibraima Konate va Denzel Dyumfris kabi yulduzlar to‘ldirib bo‘lishgan edi.

Manba: Stadion.uz