«Barselona» vingeri Karim Adeyemi asosiy tarkibdagi o‘rin uchun Lamin Yamal bilan bo‘ladigan raqobat haqida fikr bildirdi.
«Ko‘k-anorranglilar»ning yangi a’zosi hujumning istalgan pozisiyasida o‘ynay oladi, ammo ko‘pincha Xans-Diter Flik jamoa yulduzi Lamin Yamalni tushiradigan o‘ng qanotda maydonga tushadi.
«Men hech bir futbolchi bilan raqobatlashishdan qo‘rqmayman. Agar maydonda bor mahoratim va maksimumimni ko‘rsata olsam, o‘zimni ko‘rsatish uchun imkoniyatlarga ega bo‘lishimni bilaman», — dedi Adeyemi Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida Yamal bilan bo‘ladigan raqobat haqidagi savolga javoban.
«Barselona» germaniyalik futbolchini Dortmundning «Borussiya» klubidan 22 million yevro evaziga sotib oldi. Tomonlar o‘rtasidagi mehnat shartnomasi 2031 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0