Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoaning Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizligi haqida fikr bildirdi.

«Pentakampeonlar» mundialdagi ishtirokini 1/8 final bosqichida Norvegiya terma jamoasiga imkoniyatni boy berib (1:2) yakunlashgan edi.

«Menimcha, o‘yindagi tub burilish nuqtasi suv ichish uchun berilgan tanaffus bo‘ldi, chunki ungacha biz o‘yinni to‘liq nazorat qilayotgan edik. Norvegiyaliklar o‘z maydon yarmida to‘pni juda ko‘p ushlab turishgani ham haqiqat — ular Angliyaga qarshi ham shu uslubda o‘ynashdi va g‘alaba qozonishlari mumkin edi.

Ehtimol, mening xatom shunda bo‘lgandir: nazoratni yo‘qotdik deb o‘yladim, vaholanki bunday emas edi. Men bir nechta o‘zgarishlarni amalga oshirdim, so‘ng Xolann bizga gol urdi», — dedi Anchelotti ESPN nashriga.

Norvegiya terma jamoasi 1/4 finalda qo‘shimcha bo‘limlarda Angliyaga mag‘lub bo‘ldi (1:2). Turnir g‘olibi esa finalda Argentinani overtaymda mag‘lub etgan (1:0) Ispaniya terma jamoasi bo‘ldi.

Manba: Stadion.uz