«Nyukasl» bosh murabbiyi Eddi Xau egallab turgan lavozimini tark etishga yaqin turibdi. Bu haqda taniqli insayder va jurnalist Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar bermoqda.

Insayderning ta’kidlashicha, murabbiyni almashtirish bo‘yicha qaror allaqachon qabul qilingan. «Olashaqshaqlar» Xauning o‘rniga yangi mutaxassis izlashni boshlashgan. 48 yoshli angliyalik murabbiy 2021 yilning noyabr oyidan beri jamoani boshqarib kelayotgan edi.

O‘tgan Angliya Premyer-ligasi mavsumida «Nyukasl» ancha omadsiz ishtirok etdi. Jamoa Xau boshchiligida 49 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida bor-jog‘i 12-o‘rinni egalladi.

Eslatib o‘tamiz, 8 avgust kuni «Nyukasl»ning rejasida o‘rtoqlik uchrashuvi bor. Klubga Ispaniyaning «Valensiya» jamoasi raqiblik qiladi.

Manba: Stadion.uz