«Real Madrid» rahbariyati tarkibdagi hech qanday summaga sotilmaydigan to‘rt nafar asosiy futbolchini belgilab oldi.

Jurnalist Jorje Pikonning xabar berishicha, madridliklar har qanday vaziyatda ham darvozabon Tibo Kurtua, yarim himoyachilar Federiko Valverde va Jud Bellingem, shuningdek, hujumchi Kilian Mbappe bilan xayrlashish niyatida emas.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yozda Joze Mourinyo qaytadan «Real» bosh murabbiyiga aylandi. Portugaliyalik mutaxassis ilgari 2010–2013 yillarda «qirollik klubi»ni boshqargan bo‘lib, uning qo‘l ostida jamoa Ispaniya chempionati, Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan edi. O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra esa «qaymoqranglilar» La Ligada ikkinchi o‘rinni egallashdi.

Manba: Stadion.uz