«Yuventus» hujumchisi Kenan Yildiz faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
Indykaila News xabariga ko‘ra, «Arsenal» turkiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. London klubining rasmiy vakillari forvardning ehtimoliy transferi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun Italiyaga jo‘nab ketishgan. Yildiz «kanonirlar» uchun Madridning «Real» klubidan Vinisius Junior o‘tmay qolgan taqdirda ehtiyotkor muqobil variant hisoblanadi. Ta’kidlanishicha, «Yuventus» muzokaralarda qat’iy pozisiyani egallagan, shu sababli «Arsenal» turinliklarni ko‘ndirish uchun sezilarli darajada jiddiy taklif bilan chiqishiga to‘g‘ri keladi.
Eslatib o‘tamiz, Kenan Yildiz 2022 yili «Bavariya»dan «Yuventus»ga erkin agent maqomida o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda Yildiz turinliklar safida barcha turnirlarda 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0