«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Gari Nevill klub 2014 yili o‘z tarbiyalanuvchisi Denni Uelbekni «Arsenal»ga sotib yuborib, juda katta xatoga yo‘l qo‘yganini ta’kidladi.
Avvalroq «Chelsi» 35 yoshli hujumchining transferi bo‘yicha «Brayton» bilan kelishuvga erishgani haqida xabar berilgan edi.
«O‘n yil oldin ham «Manchester Yunayted» Denni Uelbekni hech qachon sotmasligi kerak edi, deb aytgandim. U jamoadan ketdi va ajoyib natijalarga erishdi.
Faoliyatining oxiriga kelib u maydonda kamroq vaqt o‘tkazayotgan bo‘lsa-da, u baribir ajoyib futbolchi.
Men u bilan bir jamoada o‘ynaganman, Angliya terma jamoasida murabbiy sifatida birga ishlaganman — u terma jamoada ham juda ajoyib harakat qilgan. Shuningdek, Premyer-ligada ham o‘z imkoniyatlarini yaxshi ko‘rsata oldi.
Bu «Chelsi» uchun juda yaxshi yurish va u London klubining hujum chizig‘ida real va ishonchli variant bo‘lib beradi», — dedi Nevill.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0