«Manchester Siti»ni tark etgach, erkin agent maqomida bo‘lib turgan Angliya terma jamoasi himoyachisi Jon Stouns «Inter»ga o‘tishni rasmiylashtirish uchun Milanga uchib keldi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2028 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangani aytilmoqda. Avvalroq matbuotda angliyalik himoyachining «neradzurri» safidagi maoshi yiliga 4,5 million yevroni tashkil qilishi haqida xabar berilgan edi.

O‘tgan Angliya Premyer-ligasi mavsumida 32 yoshli futbolchi bor-jog‘i 9 ta o‘yinda maydonga tushdi. Himoyachi samarali harakatlar bilan ajralib turmadi, shuningdek, sariq yoki qizil kartochka ham olmadi.

Manba: Stadion.uz