Argentina terma jamoasi va Fransiyaning «Marsel» klubi darvozaboni Xeronimo Rulli faoliyatini «Manchester Siti»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «shaharliklar» argentinalik posbonni jamoaning ikkinchi raqamli darvozaboni sifatida Jeyms Trafford o‘rniga olib kelishni rejalashtirmoqda. Qayd etilishicha, Rullining o‘zi ham Angliya klubiga ko‘chib o‘tishga qiziqish bildirmoqda.

34 yoshli darvozabon o‘tgan mavsum «Marsel» safida barcha musobaqalarda 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, 52 ta gol o‘tkazib yubordi hamda 9 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Xeronimo Rullining «Marsel» bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozigacha amal qiladi.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, argentinalik darvozabonning transfer qiymati 6 million yevroni tashkil etadi.

Manba: Stadion.uz