Poytaxtning «Roma» klubi rahbariyati jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Jurnalistning ma’lumotlariga ko‘ra, Rim klubining manfaatlari doirasida ikki nafar mashhur futbolchi bor. «Bo‘rilar» ikki braziliyalik — Endrik («Real Madrid») va Gabriel Martinelli («Arsenal») nomzodini ko‘rib chiqmoqda.
O‘tgan mavsumda Martinelli «kanonirlar» safida 53 ta o‘yinda maydonga tushdi. Vinger o‘z hisobiga 11 ta gol va 7 ta golli uzatma yozib qo‘ydi.
Endrik esa 2025/2026 yilgi mavsumning ikkinchi yarmini Fransiyaning «Lion» klubida ijarada o‘tkazdi. U o‘z hisobiga 8 ta gol va 8 ta assist rasmiylashtirib qo‘ydi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0