«Bavariya» va Fransiya terma jamoasi vingeri Maykl Olise «uchranglilar»ning Jahon chempionatidagi ishtirokini baholadi.

«Sovrinni uyga olib kelolmaganimiz — bu juda katta alam va hafsalapirsozlik. Turnir endi boshlanganida JCHni bunday yakunlashni tasavvur qilmagan edik. Fransiya terma jamoasi libosini Jahon chempionatida kiyish men uchun har doim amalga oshgan orzu bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. Kubokni boshimiz ustida ko‘tara olmagan bo‘lsak-da, Jahon chempionatlari tarixida assistlar (golli uzatmalar) soni bo‘yicha rekord o‘rnatganimdan faxrlanaman.

Lekin hammasidan ham afzali — men bu yerda jamoadoshlarim, xodimlar, murabbiylar va Fransiyaning barcha muxlislari bilan birga Jahon chempioni bo‘ldik deb faxr bilan ayta olganimda edi. Bu maqsad bizni oldinga undashda davom etadi va umid qilamanki, kelajakda sizga yana ko‘plab quvonchli va unutilmas lahzalarni taqdim eta olamiz.

Shuningdek, meni terma jamoaga ilk bor chaqirib, eng qiyin lahzalarda ham menga ishongani uchun bosh murabbiyga minnatdorchilik bildiraman. Sizdan bir umr minnatdorman va keyingi olib boradigan yo‘lingizda eng ezgu tilaklarni tilab qolaman. Rahmat, Fransiya!» — deb yozdi Olise ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya terma jamoasi Jahon chempionatida to‘rtinchi o‘rinni egalladi. 3-o‘rin uchun kechgan bahsda fransuzdar Angliya terma jamoasiga imkoniyatni boy berishgan edi.

Manba: Stadion.uz