“Marca” muxbiri Matteo Moretto bergan xabarga ko'ra, klublar o'rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga chiqqan. Transfer summasi 8 million evroni tashkil qilishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, Kataloniya klubi shartnomaga futbolchining keyingi sotuvidan tushadigan mablag'ning 50 foizini olish bandini ham kiritadi.
Futbolchining o'zi ham taklifga rozilik bergan va San-Sebastyan klubining sport loyihasiga qo'shilishga tayyor. Kelishuv rasman amalga oshgani yaqin vaqt ichida e'lon qilinadi.
Fikrlar 0