Avvalroq Xil "Atletiko" Alvares bo'yicha "Barselona" bilan muzokaralar olib borish niyatida emasligini ma'lum qilgan edi. Madrid tomoni, shuningdek, kataloniyaliklarni noetik xatti-harakatlarda va argentinalik futbolchiga ta’sir o'tkazishga urinishda aybladi.

"Bu so'zlar qizil chiziqdan o'tishdir. Agar bu gaplar aynan Migel Anxel Xildan chiqayotganini hisobga olsak, men ularni umuman tushunmayapman. Men bu poziciyani maqullamayman va, albatta, bunday bayonotlardan g'azabdaman. Biz raqiblarni, "Atletiko"ni klub sifatida va dunyodagi barcha futbolchilarni hurmat qilamiz. Agar futbolchi bizning jamoamizga kelishni istasa, bu, shubhasiz, bizni quvontiradi. Biz mutlaqo xotirjammiz. Vijdonimiz sport va professional principlarga zid ish tutishimizga yo'l qo'ymaydi", - deydi Yustening so'zlarini "COPE" nashri.