"Biz yaxshi o'ynadik, ko'rgan narsam menga maqul keldi, ammo biz yanada o'sishimiz mumkin. Bizda potencial bor. Hozirda o'yinimiz darajasi menga yoqmoqda, lekin hali ham qo'shishimiz kerak va bu normal holat. Dastlabki ikki o'yindagi olti ochko - juda yaxshi ko'rsatkich", - deydi Flikning so'zlarini "Barselona" rasmiy sayti.

Kataloniya klubi La Liga - 2026/2027 mavsumi ochuvchi o'yini doirasida (2-turda) "Elche"ni yirik hisobda mag'lub etgan edi (5:0) va olti ochko bilan turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi.