Basklar bilan tuzilgan bitim 2031 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. OAV ma'lumotlariga ko'ra, 20 yoshli ispan futbolchisining transfer summasi 8,5 million evroni tashkil etdi.

Fort - ko'k-anorranglilar akademiyasi tarbiyalanuvchisi. U kataloniyaliklarning asosiy jamoasida 2023 yilning oxirida debyut qilgan va jami 30 ta o'yinda maydonga tushib, uchta golli uzatma bilan ajralib turgan. 2025/2026 yilgi mavsumda futbolchi ijara huquqi asosida "Elche" sharafini himoya qilgan. Ektor barcha turnirlarda 17 ta o'yinda maydonga tushib, uchta gol urgan va ikkita golli uzatmani amalga oshirgan. "Transfermarkt" internet-portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining taxminiy bozor qiymati - € 12 mln.