"Diario Sport" nashrining xabar berishicha, "Barselona" sport direktori Deku bir necha kundan beri ispan himoyachisini Federiko Dimarkoga almashtirish ustida ishlamoqda. "Barselona" va "Inter" muzokaralar olib bormoqda, garchi Milan klubi hozircha o'z asosiy futbolchilaridan biri bilan xayrlashishga tayyorligini tasdiqlamagan bo'lsa-da.

Balde hozirgi jamoasida qolishni va asosiy tarkibdan joy olishni xohlamoqda, Deku esa "Inter" kabi jiddiy klubdan tushgan taklif Aleksning qaroriga ta’sir qila olishidan umidvor.

"Barselona"da bu bitimni amalga oshirish qiyin bo'lishini va qo'shimcha to'lov talab etilishini tushunib turishibdi, ammo rahbariyatning barcha harakatlari aynan ushbu almashuvga qaratilgan.