Valensiyadagi "Syudad de Valensiya" stadionida kechgan o'yinda mehmonlar 4:2 hisobida g'alaba qozonishdi. Uchrashuvni bosh hakam Xon Gonsales Esteban boshqarib bordi.
Uchrashuvdagi ilk golni 5-daqiqada "Barselona" yarim himoyachisi Xavi Espart kiritdi. 19-daqiqada esa "ko'k-anorranglilar" vingeri Lamin Yamal ustunlikni mustahkamladi. Har ikkala vaziyatda ham hujumchi Rafinya golli uzatma muallifiga aylandi. 48-daqiqada Lamin Yamal penaltini aniq amalga oshirib, dubl qayd etdi. 79-daqiqada "Levante" hujumchisi Ivan Romero hisobni qisqartirdi. 88-daqiqada esa mezbonlar yarim himoyachisi Roxer Bruge gol urdi. 90+3-daqiqada "ko'k-anorranglilar" hujumchisi Karim Adeyemi uchrashuvga yakuniy nuqtani qo'ydi – 4:2.
"Levante" - "Barselona" 2:4
Gollar: 0:1 Espart – 5, 0:2 Yamal – 19, 0:3 Yamal – 48, 1:3 Romero – 79, 2:3 Bruge – 88, 2:4 Adeyemi – 90+3.
Ispaniya chempionatida beshta o'yin o'tkazgan "Barselona" 15 ochko jamg'arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Levante" hisobida esa beshta ochko bor va jamoa 13-o'rinni band etgan.
Fikrlar 0