– Boshqa futbolchilarda sen havas qiladigan biror fazilat bormi? Masalan, Mbappening tezligiga?

– Ha, menimcha, Mbappe va Rafinya - bu borada men namuna deb biladigan ikki futbolchi. Mashg'ulotlarda Rafinya shunchaki to'pni oldinga tashlab, keyin uch kun davomida ham quvib yetib bo'lmaydigan darajada yugurib ketadigandek tuyuladi. Mbappe bilan ham xuddi shunday. Ularning ikkalasi ham juda tezkor o'yinchilar.

Pedri ikkimiz juda tezkor futbolchi emasmiz va har doim agar bizda ularning tezligi bo'lganida, futbolda hammadan necha yorug'lik yili oldinda bo'lardik, deb aytamiz. Mbappe va Pedrining tezligini taqqoslab ko'ring. Pedri shunday o'yinchiga aylanardiki… Aytmoqchimanki, hech kim undan to'pni tortib ololmasdi.

Menimcha, futbolda eng katta farqni aynan tezlik yuzaga keltiradi. Oxir-oqibat, agar men sendan tezroq bo'lsam, har doim birinchi bo'lib yetib boraman va gol uraman, - dedi Yamal Movistar nashriga.