Avvalroq OAV futbolchi ingliz klubining transfer maqsadlari qatoriga kirgani haqida xabar bergan edi. Bu haqda futbol insayderi Matteo Moretto yozdi.
“Bunday xabarlarga e'tibor bermayman. Men "Barselona"da iloji boricha uzoqroq qolishni xohlayman va bu yerda faoliyatimni yakunlashga umid qilaman”, - dedi Lopes.
Fermin Lopes 2023 yildan buyon "Barselona" safida o'ynamoqda. Futbolchi joriy mavsum klub safida 13 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar 0