“Krishtianu Ronalduning o'zini Maradona va Pele bilan solishtirishi ikki narsani anglatadi: birinchidan, u futbol tarixidagi o'z o'rnini bilmaydi, ikkinchidan, hech bo'lmaganda endi o'zini Messi bilan solishtirishga jurat eta olmaydi”, – deb yozdi Freysha ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o'tamiz, 41 yoshli futbolchi Millatlar ligasi doirasida 27 sentyabr kuni Norvegiyaga qarshi kechgan o'yinda bosh murabbiy Jorje Jezush uni maydonga tushirmaslikka qaror qilganidan so'ng terma jamoa qarorgohini tark etgan edi.

Ronaldu bu vaziyatni quyidagicha izohlagandi: “Jezush mendan Norvegiyaga qarshi bahsda 30 daqiqa harakat qilishni so'radi – o'sha kuni maydonga tushmasam kerak, deb o'ylagandim, lekin rozi bo'ldim. Men qizg'in mashq qildim, biroq meni maydonga tushirishmadi. Murabbiy o'z vadasini buzdi”.

Shuningdek, hujumchi Norvegiya bilan o'yindan so'ng Jezush bilan navbatdagi uchrashuv oldidan uning chiqish rejasini kelishib olgani, biroq murabbiy "ikkinchi marotaba ham so'zida turmaganini aytdi.