O'sha vaziyatda Vinisius raqib futbolchisi Natan-Dilan Salibaning sochidan tortgan edi. Shu tariqa, braziliyalik hujumchi "Barselona"ga qarshi kechadigan bahsda maydonga tusha olmaydi.

Vinisius chempionat doirasidagi "Sevilya" (18 oktyabr), "Barselona" (25 oktyabr), "Rasing" (1 noyabr) va "Valensiya"ga (7 noyabr) qarshi uchrashuvlarni o'tkazib yuboradi. Shundan so'ng futbolda terma jamoalarning xalqaro tanaffusi boshlanadi, shu sababli braziliyalik vinger "Real" safida faqatgina 22 noyabr kuni o'tkaziladigan "Selta"ga qarshi o'yinda maydonga qaytishi mumkin bo'ladi.

Joriy mavsumda Vinisius to'qqizta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va uchta golli uzatmaga mualliflik qildi.