"Barselona" FK Los-Yebenes va Urda aholi punktlari (Toledo provinciyasi) o'rtasida yuz bergan og'ir temir yo'l halokati munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi. Klub jabrlanganlarning oila a'zolari va yaqinlariga o'z qo'llab-quvvatlovi va solidarligini izhor etadi, shuningdek, sihat-salomatligiga putur etganlarning barchasiga tezroq sog'ayib ketishlarini tilaydi", - deyiladi kataloniyaliklar klubining ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan bayonotida.
Avvalroq Toledoda ikkita yuqori tezlikdagi poezdning to'qnashuvi oqibatida kamida 50 kishi halok bo'lgani, 179 dan ortiq kishi jarohatlangani haqida xabar berilgan edi.
Fikrlar 0