O'g'rilar futbolchining La Moralexa hududida joylashgan hovlisiga uchinchi qavatdagi vanna xonasi derazasi orqali kirishgan. Qiymati 350 ming evrodan ortiq bo'lgan soatlar va zargarlik buyumlari o'g'irlab ketilgan. Bu vaqtda Militaoning oila a'zolari birinchi qavatda o'yinni tomosha qilishayotgan edi.
Militao qimmatbaho buyumlar yo'qolganini uyga qaytganidan so'ng aniqlagan. Hodisa joyiga policiya xodimlari turar joy majmuasining xususiy qo'riqlash xizmati vakillari bilan birgalikda yetib kelishgan.
Fikrlar 0