Bu haqda kataloniyaliklar matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi. "Atletiko" va "Barselona" qarama-qarshiligi 8 noyabr kuni bo'lib o'tadi.

"Rodrigo Ernandes kechagi "Aston Villa" bilan bahs vaqtida mushaklarda yuzaga kelgan noqulaylik sababli tibbiy ko'rikdan o'tdi. Tekshiruvlar uning o'ng oyoq tizza osti paylarida engil jarohat borligini tasdiqladi. U yakshanba kuni Madridning "Atletiko" jamoasiga qarshi kechadigan o'yinni o'tkazib yuboradi. Tiklanish muddati jarohatning tuzalish dinamikasiga bog'liq bo'ladi", - deyiladi bayonotda.

Ma'lumot o'rnida, Rodri "Aston Villa"ga qarshi bellashuvning tanaffus vaqtida almashtirilgan edi.