"Birinchi bo'limda biroz tarqoq harakat qildik, raqib esa bahsning dastlabki yarmini a'lo darajada o'tkazdi. Tanaffusda xatolarni to'g'riladik, ajoyib ikkinchi bo'lim ko'rsatdik va g'alabaga erishdik.
Raqib pressing uyushtirdi, ammo ikkinchi bo'limda maydonda yaxshiroq joylasha boshladik - bu ularga noqulaylik tug'dirdi, biz esa hujumda ancha ishonchli harakat qila boshladik.
Bu o'yin "Barselona" uchun jiddiy sinov bo'ldimi? Biz qanday salohiyatga ega ekanimizni shundoq ham bilamiz. Mavsum boshidagi bunday uchrashuvlar jamoaning ayni damdagi holatini baholash imkonini beradi, biroq bu yerda na sovrinlar, na chempionlik unvonlari yutiladi. Shunga qaramay, bu kabi bahslar ijobiy kayfiyatni shakllantirishda katta yordam beradi", – deya Kubarsining so'zlarini keltiradi "Marca".
Fikrlar 0