Har yili kataloniyaliklar homiysi - Ispaniyaning Cupra avtomobil ishlab chiqaruvchisi jamoa futbolchilariga yangi mashinalar sovg'a qiladi. Biroq Kubarsining ota-onasi 19 yoshli o'g'liga qimmatbaho ulov boshqarish hali erta, degan qarorga kelishdi.
Natijada himoyachi oilaviy eski mashinadan foydalanishda davom etdi, yangi Cupra'ni esa uning otasi olib qo'ydi.
"Menga avtomobillar yoqadi va vaqti-vaqti bilan yangi modellarni ko'zdan kechirib turaman. Ammo ota-onamga 19 yoshimda hashamatli mashinada yurishim haqidagi fikr maqul kelmayapti.
Ular menga biroz kutishni, ulg'ayishni va tajriba to'plashni aytishdi. Qimmatbaho avtomobil sotib olishga esa keyinchalik ham vaqtim etarli bo'ladi", - dedi Kubarsi.
Fikrlar 0