2.jpg

“U butun dunyo yoshlariga cheksiz umid va ilhom bag'ishlayotgan yosh yigit. Uning bu yoshdagi daholigi shunchaki aql bovar qilmas darajada, juda ko'p yillardan beri u kabi o'yinchini ko'rmaganman. Shu sababli adolat qaror topishiga va u o'zi to'la loyiq bo'lgan ushbu “Oltin to'p”ni olishiga ishonaman hamda umid qilaman.

Butun dunyodagi juda ko'plab bolalar va qizlarga, shuningdek, futbolni sevuvchi barchamizga shunchalik cheksiz quvonch ulashayotganining o'zi uchun ham u bunga loyiq”, – deya Yustening so'zlarini keltirdi “Mundo Deportivo”.

26 oktyabr kuni Londonda “France Football” talqini bo'yicha dunyoning eng yaxshi futbolchisiga sovrinni topshirish marosimi bo'lib o'tadi.