"Ha, biz yanada yaxshiroq o'ynashimiz mumkin. Hayotda har doim va har bir jihatda mukammallikka erishish mumkin. Natijadan qati nazar, biz yaxshi o'yin ko'rsatdik. Menga o'yin uslubimiz yoqadi, buni tomosha qilish yoqimli. Ammo eng muhimi - har bir vaziyatda va har bir uzatmada diqqatni jamlab turishdir", - dedi Flikning so'zlarini Marca nashri.
Ispaniya chempionatidagi oltita o'yindan so'ng "Barselona" 18 ochko jamg'arib, turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi. "Rasing" etti ochko to'plab, 12-pog'onada joylashgan.
Fikrlar 0