"Ha, ming marta. Odamlar senga nisbatan bilvosita irqchilik qilishadi, lekin bazan buni o'zlari ham anglamaydi. Odamlar tushunmasa-da, aslida irqchilik bo'lgan ko'plab izohlar, qarashlar va vaziyatlar bo'ladi. Buni meyor deb qabul qilinadigan muhitda ulg'aymaganman, chunki noto'g'ri narsani hech qachon meyor deb bo'lmaydi, biroq shu bilan birga bu holat sening g'ashingga ham tegmaydi.

Masalan, "Bernabeu"dagi o'sha mashhur video: u yerda men va Rafinyaga turli gaplarni baqirishdi, odamlar esa mening munosabatimdan hayratda qolishdi. Axir, agar u odam meni qoratanli desa, bu meni zarracha xafa qilmaydi. Men qoratanliman, boshqa rangga ega emasman. U buni kamsitish ohangida aytayotgani uchun buning to'g'ri yoki noto'g'riligi - boshqa masala. Bu noto'g'ri albatta, lekin men futbol o'ynab turib, meni ko'rish uchun chiptaga pul to'lab, so'ngra menga hurmatsizlik qilgan odam tufayli asabiylashib o'tirmoqchi emasman", – dedi Yamal.

19 yoshli ispaniyalik futbolchi 2024 yil 26 oktyabr kuni "Real"ga qarshi bahsda "Santyago Bernabeu" stadionida ro'y bergan voqeani eslab o'tdi. O'shanda u va Rafinya golni nishonlayotgan vaqtda tribunalardan bildirilgan irqchilik va ksenofobiyaga oid haqoratli hayqiriqlar nishoniga aylangan edi.