Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlardagi ma'lumotiga ko'ra, Kolumbiya terma jamoasi va Lissabonning "Sporting" jamoasi hujumchisi Luis Suares "ko'k-anorranglilar"ning short-listiga kiritildi.

28 yoshli hujumchi o'tgan yilning yozidan buyon Lissabon jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning "sherlar" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi. Transfermarkt portali Suaresning transfer qiymatini 30 million evroga baholamoqda.
Luis Portugaliya chempionatining joriy mavsumida 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi.
Fikrlar 0