Lopes o'z jamoasining har ikkala goliga mualliflik qildi.

"Tanaffusga liga peshqadami sifatida va 3 ochko bilan chiqib ketishni istagandik. Hisobni tenglashtirgan gol elkalarimizdan bosimni olib tashladi va bizda nazorat oshdi. Tanaffusda birinchi bo'lim so'ngidagi kabi harakat qilishda davom etishimiz kerakligini aytdik", – deya 23 yoshli ispaniyalik futbolchining so'zlarini keltiradi jurnalist Fabricio Romano.

"Barselona" (12 uchrashuvdan so'ng 33 ochko) Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.