26 yoshli argentinalik futbolchi 10-daqiqada hisobni ochgan hujumchi Juliano Simeonega golli uzatma etkazib berdi.

"U yaxshi o'yin o'tkazdi. Julianoga bergan hal qiluvchi pasidan tashqari, yana uchta hujumda faol ishtirok etdi. Ikkinchi bo'limda esa unda ajoyib vaziyat bo'ldi: avvaliga to'pni darvozabon ustidan oshirib tashlashga urindi, so'ngra Baenaga qanotdan uzatma berdi. Shunday ekan, biz yana nimani talab qilishimiz mumkin?

Barchamiz u o'sha golni urishini istardik, lekin biz uni kutamiz. U juda kerak, chunki agar ko'zlagan maqsadimizga etmoqchi bo'lsak, bizga albatta kerak bo'ladi, aks holda u ergacha yetib bora olmaymiz. Uning ichiga kirib ololmayman, ammo to'liq ishonchimizdan foydalanmoqda", – dedi argentinalik mutaxassis matbuot anjumanida.

Bundan oldin Alvares "Barselona"ga o'tish istagi borligi haqida gapirgandi va kataloniyaliklar ham yozgi transfer oynasida uni sotib olishdan manfaatdor bo'lgan, ammo "Atletiko" futbolchini qo'yib yuborishdan bosh tortgan.

Alvares 2026/27 yilgi mavsum 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.