23 yoshli futbolchini “Arsenal”, “Chelsi” va “Manchester Yunayted” kuzatib bormoqda, ular kelasi yili fransiyalikning transfer imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Talabgorlar orasida “Barselona” ham bor, bu haqda avvalroq xabar berilgan edi. “Qizil buqalar” futbolchini sotishdan 65 million evro daromad olishni mo'ljallamoqda, shundan 5 millioni bonuslardir.

Kastello Lyukebaning “RB Leyptsig” bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Futbolchi hozirgi jamoasi safida 105 ta o'yin o'tkazib, ikkita gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.